SAFAVIYLAR DAVLATI

SAFAVIYLAR DAVLATI — Oʻrta Sharqda safaviylar boshqargan davlat (1502—1736). Ardabil hukmdori Ismoil oq qoʻyunlilar va ularning ittifoqdoshlari ustidan gʻalaba qozonishi natijasida barpo etilgan. Safaviylar davlati tarkibiga Ozarbayjon, Armanistonning bir qismi, Eron, hoz. Afgʻoniston (Balx viloyatidan tashqari), Arab Iroqi (vaqtvaqti b-n) va b. hududlar kirgan. Safaviylar, asosan, qizilboshlilarga tayangan. 16-a. gacha poytaxt Tabrizda boʻlib, 1548-y. Qazvinga koʻchirilgan. Davlat dini shialik boʻlgan. Shoh Tahmasp I davrida koʻchmanchi qabilalar taʼsiri kuchayib, Safaviylar davlatida xalq qoʻzgʻolonlari avj olgan. 1535-y. Xurosondagi xalq qoʻzgʻolonidan foydalangan Buxoro xoni Ubaydullaxon Hirotni bosib olgan. Tahmasp I Kavkazorti, Kurdiston, Iroqni qaytarib olish uchun turklar bilan tinimsiz urushlar olib borgan. Tahmasp I vafotidan soʻng boshlangan oʻzaro urushlar natijasida Safaviylar davlati inqirozga uchrab, mayda mulklarga boʻlinib ketgan. Bundan foydalangan Turkiya S. d. ning shim. qismini, oʻzbek xonlari Xurosonni bosib oldi. Bu vaqtga kelib qizilboshlilar Abbos I atrofiga birlashgan. 1597-y. Xuroson oʻzbeklardan tortib olingan. Harbiy islohot oʻtkazilgan. Poytaxt Isfahonga koʻchirilib, unda va b. shaharlarda qurilish ishlari olib borilgan. 1603— 07 y. lar Luriston, Armaniston, Gruziya, Ozarbayjon Turkiyadan qaytarib olingan. 1623-y. Bagʻdod ham qoʻshib olingan. Savdo va hunarmandchilik taraqqiy etgan. Abbos II ning vafotidan soʻng Safaviylar davlati yana inqirozgauchray boshlagan. 18-a. boshlarida Afgʻonistondagi safaviylar hokimi Mir Vays oʻzini mustaqil deb eʼlon qilgan. 1722-y. uning oʻgʻli Mahmud Safaviylar davlatining ancha qismini bosib olgan. Safaviylarning afgʻonlar va turklarga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borgan sarkardasi Nodir (q. Nodirshoh) safaviylar sulolasini taxtdan agʻdarishi b-n S. d. barham topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x