DANA (Dena) Jeyms (1813.12.2, Yutika, Nyu-York shtati — 1895.14.4, Nyu-Xeyven, Konnektikut shtati) — amerikalik geolog va mineralog. NyuXeyven un-tining prof. (1855—92). 1837-y. da minerallarning kimyoviy tarkibiga asoslangan tasnifni ishlab chiqqan. 1873-y. da Dana «geosinklinal» va «geoantiklinal» terminlarini taklif etdi. D. Yer poʻstidagi yirik bukilmalar va burmalar Yerning sovishi natijasida Yer poʻstining qisqarishidan hosil boʻladi deb hisoblagan. Organik dunyoning tadrijiy rivojlanishida empirik prinsipni ilgari surdi. Bunday tushunchalar hoz. faqat fan tarixi uchungina ahamiyatli.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые