DAYSUNXON (1422-52) – oyrat xoni (1439-y. dan). Daysunxon davrida hamma moʻgʻul yerlarini Oyrat xonligi qoʻl ostida (qisqa muddatga) birlashtirishga erishilgan; bu birlashtirish jarayonida muhim rolni Daysunxonning 1-vaziri Esen oʻynagan. Taxt vorisligi va Xitoyga nisbatan siyosiy munosabat masalalari boʻyicha Daysunxon va Esen oʻrtasidagi kelishmovchilik oqibatida qurolli janjal kelib chiqqan, natijada Daysunxon oʻldirilgan, Esen esa bir oz vaqt oʻtgach, oʻzini buyuk xon deb eʼlon qilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые