SALITSIL KISLOTA, o oksibenzoy kislota,o karboksifenol, S7N6O3 — oddiy aromatik oksikislota, rangeiz kristall modda. Mol. m. 138,12. Suyuklanish t-rasi 159°, qaynash t-rasi 211°, Suvda oz, organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Tabiatda glikozid sifatida keng tarqalgan. Salitsil kislotani spirtlar (fenollar) b-n qizdirib, Salitsil kislota efirlari olinadi. Anilin bilan reaksiyaga kirishganda salitsilanilid hosil boʻladi. Salitsil kislota sanoatda fenolni karboksillab sintez qilinadi. Antiseptik xossaga ega boʻlganligi uchun tibbiyotda va oziq-ovqat, mevalarni konservalashda koʻplab ishlatiladi. Analitik kimyoda ham qoʻllanadi. Salitsil kislotaning metil, izoamil, benzil, fenil kabi efirlari muhim ahamiyatga ega.
Tibbiyotda antiseptik, ogʻriqni qoldiruvchi vosita sifatida, sepma (2 — 5%), surtma (1 — 10%), pasta va spirtdagi eritma (1 va 2%) holida ishlatiladi. Salitsil kislota va sirka kislotaning murakkab efiri — aspirin.