SURYONIY TILI, suriya tili somhom tillari oilasiga mansub oromiy tillarining sharqiy guruhidagi ulik tillardan biri; Yuqori Mesopotamiyadagi qad. Edessa hududidan Erongacha tarqalgan. Mil. 3-a. dan Old Osiyodagi oromiy tilida soʻzlashuvchi xristianlarning adabiy tili boʻlgan. 8-a. dan boshlab Suryoniy tili astasekin arab tili tomonidan siqib chiqarilgan. Hoz. vaktda Eron, Iroq, Suriya va b. mamlakatlarda yashovchi nestorian (nasturiy) lar va yakovit (yaʼqubiy) larning ibodat tili hisoblanadi. Yozuvi oromiy yozuvidan kelib chiqqan suryoniy alifbosining 3 koʻrinishi [estrangelo, yakovit (serto) va nestorian]ga asoslangan. Unda mil. 1-a. ga mansub oʻyma yozuv matnlari, 3—14-a. larga mansub boy xristian diniy adabiyoti mavjud.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые