SPITAMEN

SPITAMEN (yun. — Spitamenes, sugʻdcha — Spitamana) (?—mil. av. 328) — Sutdiyonada vatan ozodligi yoʻlida Aleksandr (Iskandar)ga qarshi koʻtarilgan xalq qoʻzgʻoloni (q. Spitamen qoʻzyuloni) rahbari. Yozuvchi V. V. Yanningyozishicha, Spitamenning onasi — sugʻd, otasi — sak qabilasiga mansub aslzoda xonadondan boʻlgan. Spitamen yoshligida abjir, chaqqon yigit boʻlib oʻsgan. Otda chopish, kamon otish, qilichbozlikda unga hech kim tenglasha olmagan. Spitamen dastlab Doro III ning, soʻngra Bessning lashkarboshilaridan, yaqin safdoshlaridan boʻlgan. Bess oʻlimidan soʻng, yunonmakedon istilochilariga qarshi 3 y. davomida mardona karshilik koʻrsatgan. Arriannmng yozishicha, qoʻzgʻolonchilarga qoʻshilgan koʻchmanchi massaget kabilalari rahbarlari Aleksandrning choʻl ichkarisiga yurish qilishidan xavotirlanib Spitamenni oʻldirib, boshini Aleksandrga yuborganlar. Spitamenning kizi Apana Salavk I ga berilgan, bu nikohdan salavkiylarning mashhur hukmdori Antiox tugʻilgan. Spitamenning nomi asrlar osha yashab mardlik va jasorat timsoli sifatida avlodlarga ruhiy madad berib kelgan. Spitamen haqida koʻplab badiiy (V. Yanning «Qoʻrgʻon uzra olovlar», Ya. Ilyosovning «Sugʻdiyona», M. Qoriyevning «Sugʻd qoploni» romanlari), tasviriy asarlar yaratilgan.

Ortiqboy Abdullayev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x