RETRANSLYATOR

RETRANSLYATOR (re… va lot. Translator — koʻchiruvchi) — radioaloqa (yoki telealoqa), kosmik aloqada oraliq punkt sifatida foydalaniladigan qurilma, sunʼiy muhit (Mas, sunʼiy yoʻldosh) yoki osmon jismi. Faol (aktiv) va suyet (passiv) xillarga boʻlinadi. Faol Retranslyator — radioaloqa liniyalarining oraliq punktlariga oʻrnatiladigan qabul qiluvchiuzatuvchi radiotexnik qurilma; qabul qilingan signallarni kuchaytirib uzatadi. Bunday Retranslyator antenna, radiopriyomnik, radiouzatkich, boshqarish qurilmasi va elektr manbaidan iborat. U maʼlum sondagi aloqa liniyalaridan iborat aloqa tarmogʻi uchungina xizmat qila oladi. Aloqa yer sunʼiy yoʻldoshlari (YESY), Mas, «Molniya1, 2, 3» (SSSR), «Telestar», «Intelsat» (AQSH) va b.

Sust Retranslyator — maʼlum shakldagi mexanik konstruksiya; sunʼiy yoʻl bilan hosil qilingan elektr oʻtkazuvchi muhit yoki samoviy jism; radiosignallar energiyasini sochadi yoki qaytaradi. Radioaloqa liniyalarida oralik, punkt sifatida ishlatiladi. Retranslyator har xil chastotali radiosignallarga moʻljallangan koʻp sondagi aloqa liniyalaridan tashkil topgan radiotarmoqqa xizmat qila oladi. Mas, aloqa YESY — «Exo» (AQSH), ionlashgan zarralar buluti, Oy yuzasi va b.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x