SILVINIT

SILVINIT (yun. silvinite) — tuzli choʻkindi togʻ jinsi. Tarkibi silvin (50—75%), galit (25—50%), qisman angidrit va gildan iborat. Rangi — oq, qizgʻishqoʻngʻir va qizil. S. kesmada silvin, galit va gilli angidritlarning almashinib yotgan yupqa qatlamidan iborat. Arid iqgtim sharoitida sayoz dengiz, laguna va koʻllarda shoʻr suvdan kimyoviy choʻkish orqali hosil boʻladi. Silvinit kaliyli mineral oʻgʻit i. ch. da muhim xom ashyodir. Undan tibbiyot, atirupa i. ch. da, fotografiya va b. sohalarda keng foydalaniladi.

Oʻzbekiston jan. da Tyubegatan va Xoʻjaikon konlarida Silvinit yura davri yotqiziklarida tarkalgan. Tyubegatan konida Silvinit gorizontining oʻrtacha qalinligi 4,5 m, KS1 ning mikdori 36,9% va zaxirasi 400 mln. t. Xoʻjaikonda S. Koʻhitangtogʻning sharqiy etaklarida uz. 25 km, eni 900 m va nisbiy bal. 200 m li tuzli togʻ hosil qilgan. Sanoat ahamiyatiga ega gorizontlarda KS1 ning oʻrtacha mikdori 28—33%. RF, Belorussiya, Germaniya, AQSH, XXR va b. mamlakatlarda Silvinit konlari bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x