ORASLI

ORASLI Hamid Muhammadtagʻi oʻgʻli (1909.23.2, Ganja – 1983.21.11, Boku) — ozarbayjon adabiyotshunosi. Ozarbayjon FA akad. (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968), filol. fanlari dri (1954), prof. (1955). Ozarbayjon ped. in-tining Til va adabiyot f-tini tugatgan (1931). Ozarbayjon FA Adabiyot va til in-tida boʻlim mudiri (1938—65), Nizomiy nomidagi Adabiyot muzeyi direktori (1950—68).

Oraslining asosiy ilmiy faoliyati Nizomiy va Fuzuliylarning hayoti, ijodining gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari, Sharq adabiyotida tutgan oʻrinlariga bagʻishlangan. Oraslining ilmiy merosi bir adabiyot doirasida boʻlmay, boshqa xalqlar adabiyoti, xususan, oʻzbek, turk, eron, arab, turkman, gruzin xalklari adabiyotlari oʻrtasidagi koʻp asrli aloqalar hamda ularning ichki rivojlanish qonuniyatlarini ochib berishga koʻmaklashadi. Orasli Alisher Navoiy tavalludining 500-yilligiga tayyorgarlik ishlari munosabati bilan 1939-y. da birinchi marta Toshkentga kelgan. Keyinchalik, 60—70-y. larda Oʻzbekistonda oʻtkazilgan navoiyxonlik va navoiyshunoslik anjumanlarida faol ishtirok etib, Navoiy hayoti va ijodi haqidagi ozarbayjon, oʻzbek va rus tillarida yozgan maqola va maʼruzalari bilan ulugʻ oʻzbek shoiri va mutafakkirining boy adabiy hamda ilmiy merosining kam oʻrganilgan muammolarini ilmiy asoslarda yoritib berish va ushbu merosni Kavkaz, Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mamlakatlarida oʻrganish va targʻib etishda fidoyilik koʻrsatgan.

Orasli xalq ogʻzaki ijodining ham yirik tadqiqotchilaridan. Uning «Kitobi dadam Qoʻrqut», «Koʻroʻgʻli» dostoni haqidagi tadqiqotlari, «Ashuʼ ijodiyoti» monografiyasi (I960) boshqa turkiy xalqlar, jumladan, oʻzbek folklori namunalarini oʻrganishda muayyan ahamiyatga ega.

Abduqodir Hayitmetov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x