LEYKOPENIYA

LEYKOPENIYA (leyko… va yun. penia — yetishmaslik) , leykotsitopeniya — periferik qonda leykotsitlar sonining kamayishi (1 mm3 qonda 4000 dan kam boʻlishi). Leykotsitlar soni yoki ular shakllarining bir-biriga boʻlgan nisbati oʻzgarishi organizmning umumiy holatiga bogʻliq. Chunki leykotsitlar sonining kamayishi (yoki koʻpayishi) sogʻlom kishilarda ham uchraydi. Mas, issiq vanna qabul qilgan yoki hammomdan chiqqan odamda, sportsmenlarda yoki muntazam ogʻir mehnat bilan shugʻullanuvchi shaxslarda (adashgan nerv tonusi oshib, parasimpatik nervniki pasayganda va b., q. Vegetativ nerv sistemasi) qisqa muddatli Leykopeniya kuzatiladi. Lekin baʼzi kasalliklar (ich terlama, brutsellyoz, gripp, bezgak)al kon yaratuvchi organlar faoliyatining susayishi natijasida patologik Leykopeniya roʻy beradi. Amidopirin, butadion, sulfanilamid preparatlar kabi dorilar meʼyori bilan qabul qilinmaganda ham Leykopeniya kuzatilishi mumkin. Leykopeniyaga sabab boʻlgan zararli omillar bartaraf etilsa, leykotsitlar soni yana normallashadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x