ROSTOV-DON

ROSTOV-DON — RFdagi shahar_ (1796-y. dan), Rostov viloyati markazi. Yirik t. y., shosse va havo yoʻllari tuguni. Daryo porti. Don daryosi boʻyida, uning Azov dengiziga quyilish joyidan 46 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 1020 ming kishi (1998). 7 tumanga boʻlingan.

Rostov-Don — yirik sanoat markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, shu jumladan, q. x. («Rostselmash» i. ch. birlashmasi va b.), stanoksozlik, aviasozlik, elektrotexnika, radioelektron, kimyo, yengil (koʻnpoyabzal, trikotaj birlashmasi, tikuvchilik fkalari), oziqovqat (tamaki, konditer fkalari, goʻsht ktlari, vino zdlari), yogʻochsozlik sanoatlari mavjud.

Shaharda 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, unt), konservatoriya, 4 teatr faoliyat koʻrsatadi. Oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari bor. R. D. ga 1749-y. da Temerniskaya bojxonasi va porti sifatida asos solingan. 1761-y. da mitropolit Dmitriy Rostovskiy sharafiga «Rostovskaya» deb nomlangan qalʼaning qurilishi boshlangan. 1806-y. dan Rostov-Don nomini olgan. 20-a. boshlarida Rostov-Don hududiga NaxichevanDon sh. (1778-y. da asos solingan) ham kiritilgan. 2-jahon urushi davrida shaharni 2-marta nemis fashistlari egallagan. 1943-y. da ozod qilingan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x