LAPLAS

LAPLAS (Laplace) Pyer Simon (1749.23.3, Normandiya, Bomon-an-Oj — 1827.5.3, Parij) — fransuz astronomi, matematigi va fizigi. Parij FA akad. (1785). Fransiya akademiyasi aʼzosi (1816). Parij harbiy maktabi prof. (1766-y. dan). Fransiyada oliy taʼlim tizimini qayta tashkil etishda, Normal va Politexnik maktablar yaratishda qatnashgan. Oʻlchovlarning metrik sistemasini kiritishga rahbarlik qilgan (1790). Laplasning ilmiy faoliyati astronomiya boʻyicha osmon mexanikasi, kosmogoniyaga; mat. boʻyicha differensial tenglamalarta; fizika boʻyicha issiqlik, molekulyar fizika va akustikaga bagʻishlangan. Uning «Osmon mexanikasi haqida traktat» asari (1798—1825) shu sohalarga bagishlangan. 1796-y. da Laplas Quyosh sistemasining paydo boʻlishi haqida kosmogonik gipotezani ishlab chikdi. Algebra, ehtimollar nazariyasi, matematik fizika, termodinamika sohasidagi ishlari ham muhim. Laplas falsafiy qarashlari bilan fransuz materialistlariga yaqin turgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x