ROLGANG

ROLGANG (nem. Rolle — gula va Gang — yoʻl) — yuklarni kichik masofaga tashish uchun moʻljallangan qurilma (rolikli konveyer). Yuritmali va yuritmasiz xillari bor. Yuritmali Rolgangda roliklar guruhli yoki xususiy yuritma (harakatlantirgich)ga ega boʻladi. Yuritmasiz Rolgangda tashiladigan yuklar (donali, qutiga joylangan yuklar) ramaga birbiriga yaqin qilib oʻrnatilgan roliklar ustiga qoʻyiladi. Yukni qoʻlda itarganda roliklar dumalab, yukni suradi. Yukni maxsus itargichlar yordamida itarish (gorizontal Rolgang), oʻz ogʻirligi taʼsirida siljitish (kiya Rolgang) ham mumkin. Shunda xam roliklar dumalab yukni suradi. Rolgang Sanoat korxonalarida, omborlarda ishlatiladi. U k,, x., transport mashinalari va b. ning bir qismi boʻlishi ham mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x