OLOVLI YER

OLOVLI YER — Jan. Amerikaning jan. chekkasidagi arxipelag. Materikdan Magellan boʻgʻozi orqali ajralgan. Fapbiy qismi Chili, sharqiy qismi Argentina tarkibida. Mayd. 72 ming km2. Olovli Yer yoki Ila-Grande o. (mayd. 48 ming km2) va juda koʻp mayda orol va kryalardan iborat. Gorn burni Jan. Amerikaning eng jan. nuqtasi. Arxipelagning jan. va gʻarbiy qismi togʻlik (eng baland joyi 2469 m), qolgan qismi sertepa tekislik va pasttekislik. Fyord, torfli botqomik koʻp. Muzliklar bor. Iklimi moʻtadil, salqin okean iklimi. Yanv. ning oʻrtacha t-rasi 10—11°, iyulniki 0—2°. Yiliga 500 mm dan 2000 mm gacha yogʻin yogʻadi. Milliy bogʻlar tashkil etilgan. Axrli qoʻychilik va baliq ovlash bilan shugʻullanadi. Neft va gaz konlari bor. Asosiy aholi punktlari: Ushuaya va Porvenir. Olovli yerni yevropaliklardan dastlab 1520-y. da F. Magellan aylanib oʻtgan. U mahalliy aholi yoqqan gulxanlarni koʻrib arxipelagga shunday nom bergan.

1 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x