SUBLIMATSIYA

SUBLIMATSIYA (psixologiyada) — shahvoniy quvvatning ijtimoiy foydali yuksak maqsad va obyektlarga yoʻnaltirilishi, koʻchirilishi. «Sublimatsiya» tushunchasini 3. Freyd oʻzining psixoanaliz nazariyasida ilgari surgan (1900). Ushbu taʼlimotga koʻra, jamiyatda aksariyat odamlarning hayoti va kamoloti davomida ularning tabiiy moyillik quvvati mehnat faoliyatiga, akliy hamda ijodiy faoliyatga karatiladi, sarf etiladi. Bunda Sublimatsiya psixologik himoyani taʼminlovchi omil sifatida katnashadi. Jamiyat va shaxsga mutanosib psixikaning irsiy koʻrinishlarini uzatish yoʻli bilan nizoli vaziyatdagi jiddiylik, zoʻriqishni kamaytirish hodisasi uning vazifasi hisoblanadi. Sublimatsiya masalalariga bolalar psixologiyasi, ijod psixologiyasida muhim ahamiyat beriladi. Ijtimoiy psixologiyaal uni shaxs sotsializatsiyasi jarayoni bilan bogʻlaydilar. Sublimatsiya toʻgʻrisidagi tasavvurlar psixikanmj biologik talqinini aks ettiradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x