OLMALIQ

OLMALIQToshkent viloyatidagi shahar (1951-y. dan). Olmaliqsoy boʻyida, Qurama togʻlarining shim. yon bagʻrida, 600—650 m balandlikda. Toshkent sh. dan 60 km jan.-sharkda, Ohangaron daryosining chap sohilida. Shaharning shim.sharqida Qurama tizmasi, shim. va jan.sharkda Chatqol tizmalari bor. Yaqin t. y. stansiyasi — Ohangaron (18 km). Mayd. 10,8 km2. Aholisi 114,6 ming kishi (2000; 1974-y. da 92,3 ming; 1959-y. da 40 ming kishi). Olmaliqda mis konining topilishi shaharning tez oʻsishiga sabab boʻldi. 1954 i. O. da qoʻrgʻoshin-rux f-kasi ishga tushirildi. Qalmoqqir konidan mis rudasi ochiq usulda olina boshladi. Olmaliq dagi sanoat korxonalarini elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Olmaliq yonida issiqlik elektr st-yasi qurildi. 1963-y. mis eritish z-di foydalanishgatopshirildi. Kon-metallurgiya k-ti toʻla ishga tushirilib mahsulot bera boshladi. Olmaliq dagi rangli metall rudalar oltingugurtga boy. Shu sababli metallurgiya k-tida rudadan oltingugurt ajratiladi va «Ammofos» korxonasiga yuboriladi.

Olmaliqda Oʻrta Osiyoda birinchi boʻlgan uy-roʻzgʻor kimyosi z-di qurildi. Olmaliqda respublika q. x. ning 80% ni fosforit oʻgʻitlar bilan taʼminlayotgan «Ammofos» z-di, «Poyondoz» gilam, «Pallada Vostok», «Djefinterneyshnl» OʻzbekistonPokiston qoʻshma korxonalari, mebel jihozlari k-ti, «Olmalik,-gʻisht», «Oqtosh» korxonalari, «Krvul-di» oltinli rudani qazib olish koni va b. korxonalar bor. Yengil va oziq-ovqat sanoat rivojlanmokda. Olmaliqga Toshkent — Angren t. y. dan shoxobcha chikarilgan. Toshkent — O. avtomobil yoʻli oʻtgan. Navoiy konmetallurgiya in-tining kon metallurgiya f-ti, 23 umumiy taʼlim maktabi, 12 kutubxona, 3 madaniyat uyi, oʻlkashunoslik muzeyi, musiqa va sanʼat maktablari, 3 stadion, 36 sport zali, 86 voleybol va basketbol maydonlari, 11 gandbol, 18 tennis zallari va 5 suzish havzasi bor. Shaharda markazlashgan hududiy tibbiy birlashma, bolalar kasalxonasi, «Kimyogar» kasalxonasi, yuqumli kasalliklar, silga qarshi kurashish dispanseri, tugʻruqxona, 10 poliklinika va b. tibbiy muassasalar ishlab turibdi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x