STRUKTURALIZM

STRUKTURALIZM (lot. structure — tuzilish, joylashish, tartib) — tilshunoslik, adabiyotshunoslik, etnografiya, tarix va shu kabi gumanitar fanlarda struktur usullar va modellashtirishdan, formallashtirish, semiotika, matematikalashtirish elementlaridan foydalanish bilan bogʻliq yoʻnalish; 20-a. ning 20y. larida paydo boʻlgan. Strukturalizmning tadqiqot obyekti belgi tizimlari (til, fan, sanʼat, mifologiya, moda, reklama) majmui sifatida olingan madaniyatdir. Strukturalizmning asosini narsa va hodisalarning invariant munosabatlari yigindisi tarzida tushuniladigan tuzilma (struktura)lar tashkil etadi. Sdan ibtidoiy kabilalar madaniyatini oʻrganishda hamda folklorshunoslikda samarali foydalanildi (k,. Strukturaviy tilshunoslik).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x