STRAXOV Nikolay Mixaylovich

STRAXOV Nikolay Mixaylovich [1900.2(15).4, Volxov sh., hoz. Oryol viloyati — 1978, 13.7, Moskva] — rus geologi va geokimyogari, SSSR FA akad. (1953), hoz. zamon nazariy litologiyasi asoschilaridan biri. Asosiy ilmiy ishlari Kora, Kaspiy, Orol dengizlari, Balxash koʻli, Tinch, Atlantika va Hind okeanlaridagi hoz. choʻkindilar genezisini aniklashga bagʻishlangan. Straxov litogeneznij 4 tipini aniqladi va ularning Yer tarixidagi evolyutsiyasini tavsifladi; diagenez, galogenez va gumid ruda hosil boʻlishi nazariyalarini ishlab chikdi; yonuvchi slaneslar, tuzlar, temir va marganes rudalari, oxaktoshdolomitli togʻ jinslarini tekshirdi. Straxov choʻkindi jinslar geokimyosi taraqqiyotiga salmoqli hissa qoʻshdi, migratsiya shakllari, qad. suv havzalari, okean, dengiz va daryolarda Gʻye, Mp, R, V va b. kimyoviy elementlarning tarqalish qonuniyatlarini oʻrgandi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x