SINXRON GENERATOR

SINXRON GENERATOR (yun. synchrenos — bir vaktli va generator) — generator rejimida ishlaydigan oʻzgaruvchan tok elektr mashinasi; sinxron mashina. Odatda, sinxron mashina 3 fazali (generator, dvigatel, kompensator) boʻladi. Sanoat chastotali tok hosil kilish uchun rotorlari bugʻ turbinalari (turbogeneratorlar) yoki suv turbinalari (gidrogeneratorlar) bilan xarakatlantiriladigan Sinxron generatorlar keng ishlatiladi. Shuningdek, gaz turbinasi, ichki yeʻnuv dvigateli, elektr dvigatellaridan xarakatlanadigan Sinxron generator glar qam bor. S. g. rotorining chulgʻamlari alohida generator yoki toʻgʻrilagichdan oʻzgarmas tok bilan taʼminlanadi. Rotor aylanganda uning magnit maydoni statorda oʻzgaruvchan elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil qiladi. E. yu. k. kiymati rotor chulgamidagi tokni oʻzgartirish yoʻli bilan rbstlanadi. Sinxron generator lardan oʻzgarmas chastotali oʻzgaruvchan tok manbai sifatida foydalaniladi; ular elektr st-yalari, elektr qurilmalari va b. ga oʻrnatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x