OROL

OROL, ota — 1) hamma tomondan okean, dengiz, koʻl yoki daryo suvi bilan oʻralgan, maydoni uncha katta boʻlmagan quruklik. Yakka Orol va Orollar guruhi — apxipelagpar mavjud. Hosil boʻlishiga koʻra, materik, oraliq zona va okean O. lari boʻladi. Materik Orollari quruqlikning choʻkishi, yuvilib ketishi, daryolar kesib oʻtishi, dengiz qirgʻoklari yaqiniga choʻkindi jinslar toʻplanishi natijasida materikdan ajralib hosil boʻladi. Odatda, ular materik sayozligida joylashadi: Grenlandiya, Kalimantan, Madagaskar va b. Oraliqzona Orollari va okean Orollari dengiz tagidan vulkan otilib chikishi natijasida vulkan jinslari toʻplanishidan va dengiz poliplari — marjonlar faoliyati tufayli vujudga keladi;

2) koʻrinishi atrofidagi manzaralardan farq qiladigan joylarning nomi (mas, Oroltepa, Orol dengizi, Koʻkorol).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x