RUNG

RUNG, runglar — turkiy xalqlarning qad. xitoy manbalaridagi nomi. Dastlab mil. av. 2ming yillikka oid manbalarda qayd etilgan. Rung etnonimini yozish uchun qoʻllanilgan iyeroglif «odam», «jangchilar» kabi maʼnoni anglatgan. Mil. av. 15—8-a. larga oid xitoy manbalarida Rung kuyrung (guyrung, kunrung yoki kun chiqar tomondagi P.), shurung (gʻarbiy Rung) kabi qismlarga boʻlingan. Keyinchalik shim. dagi turklar rungdi yoki dirung (turk jangchilari) deb nomlana boshlangan.

Mil. av. 2-a. da yozilgan «Shiji» («Tarixiy xotiralar») asarining Shiya xonlari (taxm. mil. av. 2197—1766-y.) tazkirasida gʻarbiy Rungning Kunlun, Shichji, Chusoʻv, Chjipi kabi 4 xonligi borligi koʻrsatilgan. Keyinchalik Dali, Yichu kabi gʻarbiy Rung davlatlarining to 3-a. ga qadar Gansu (Kengsu) oʻlkasida mavjud boʻlganligi aytilgan. Rung di, (turk jangchilari) atamasi mil. av. 4-a. dan isteʼmoldan chiqib «xu» atamasi ishlatilgan. Hunlar xoqonligi tashkil topgach, shim. da yashagan xular, yaʼni Rung dilar «hun» («shyunnu», «syunnu») deb nomlangan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x