SAFFORIYLAR DAVLATI — Eronda safforiylar sulolasi hukmronlik kilgan davlat (861—900). Seyistonlik dehkon Yaʼqub ibn Lays asSaffor asos solgan. 9-a. ning 2-yarmida Oʻrta Osiyo va Eron chegarasida xalq harakatlari kuchayib ketadi. Bu xalq harakatlaridan misgar akauka Yaʼqub va Amr ibn Layslar oʻz niyatlarini amalga oshirishda foydalandilar. Avval ular qarokchilik qildilar, soʻngra Seyistondagi «gʻoziylar» («eʼtiqod uchun kurashuvchilar») Koʻshiniga koʻshildilar. Yaʼqub tez orada bu qoʻshinning boshligʻi boʻlib oladi. U 861-y. da Seyistonning poytaxti Zaranj sh. ni tohiriylarsan tortib oldi. 873-y. da ularga soʻnggi zarbani berib poytaxt Nishopurni egallaydi. Natijada arab xalifasi Xuroson noibligini Yaʼqubga topshirishga majbur boʻladi. 876-y. da Yaʼqub katta qoʻshin bilan Bagʻdod tomon yoʻl oldi. Bu jangda Yaʼqub xalifa qoʻshinidan magʻlubiyatga uchradi va u orqaga kaytdi. 879-y. da Yaʼkub vafot etib taxtga ukasi Amr ibn Lays oʻtirdi va xalifaga oʻz vassalligini bildirdi. Bunga javoban xalifa Amr ibn Laysni Xuroson va Eronning noibi ekanligini qayd qiluvchi yorliq yubordi. Bu davrga kelib Movarounnahrda somoniylar sulolasi kuchayib borayotgan edi. Xalifa alMuʼtazid (892—902) Ismoil Somoniy Movarounnahr hokimligidan tushirilgani va u yerga Amr ibn Laysni hokim qilib tayinlaganini eʼlon qildi. Movarounnahr noibligi toʻgʻrisidagi yorliqni olgan Amr ibn Lays Ismoilga karshi qoʻshin tortdi. 900-y. da Buxoro ostonasida Amr ibn Lays qoʻshinlari tormor etildi. Tohir ibn Muhammad bir necha marta harakat qilib Safforiylar davlatini tiklay olmadi. 9-a. boshlarida Somoniylar mulkiga qoʻshib olindi.
0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Войти через
авторизуйтесь
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
Войти через
Я разрешаю создать мне учетную запись
Когда вы первый раз заходите с помощью соцсетей, мы получаем публичную информацию из вашей учетной записи, предоставляемой провайдером услуги соцсети в рамках ваших настроек конфиденциальности. Мы также автоматически получаем ваш e-mail адрес для создания вашей учетной записи на нашем веб сайте. Когда она будет создана, вы будете авторизованы под этой учетной записью.
Не согласенСогласен
0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии