SARKOSPORIDIYALAR

SARKOSPORIDIYALAR, goʻsht sporalilar (Sarcocystis) — bir hujayralilarga mansub hayvonlar tipi (baʼzi maʼlumotlarga Karaganda sinf). Uzunligi bir necha mkm dan 20 mm gacha. Hujayra ichida parazit. Hayvonlar, baʼzan odamlarda ogʻir sarkosporidioz kasalligini paydo kiladi. 90 ga yaqin turi bor. Oraliq xoʻjayini (oʻtxoʻr hayvonlar) sporotsistalarini oziq bilan yeb zararlanadi. Ootsistalari ichida 4 ta sporozoitli 2 ta sporotsistasi boʻladi. Sporozoitlari oʻsib oʻtxoʻr hayvonlar organizmida shizontlarga aylanadi. Shizontlar koʻp marta boʻlinib, merozoitlarni hosil qiladi. Merozoitlar muskullarga oʻtib, sistalarga aylanadi. Asosiy xoʻjayinlar (yirtqich sut emizuvchilar, qushlar, sudralib yuruvchilar) sistali goʻshtni yeb zararlanadi. Sistalar asosiy xoʻjayin ichagi hujayralarida oʻsib, gamontlarni hosil qiladi. Gamontlar rivojlanib, ootsistalarga aylanadi; ular ichida esa 4 ta sporozoitli sporotsistalar rivojlanadi. Tashqi muhitga, asosan, sporotsistalar (oʻlchami 8—16*9 — 11 mkm) chiqariladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x