SARATONIY

SARATONIY — ertapishar yozgi olma navi. Bogʻdorchilik, uzumchilik, vinochilik in-tining Samarqand filialida Landsberg reneti navini Samarqand ertagisi navi bilan chatishtirib chikarilgan (V. V. Kuznetsov, A. A. Leplinskaya). Daraxti oʻrta boʻyli, shoxshabbasi baquvvat, koʻchati oʻtqazilgandan soʻng, 4-yili hosil beradi. Barglari yumaloqchoʻziq, toʻq yashil, chetlari mayda qirrali. Gullari yirik. Mevasi oʻrtacha kattalikda, vazni 100—150 g, baʼzan 200 g, yassi yumaloq. Poʻsti yupqa, pishganda sariq rangga kiradi, sirti pushti, taramtaram qizil. Eti oq, muloyim, sersuv, nordonshirin, xushtaʼm. Tarki j bida 11,5 qand, 0,7%; kislota mavjud. Mevasi iyun oyining oʻrtalarida uziladi, 7 yoshida tupidan 50—60 kg hosil olinadi. Hosildorligi 34,5 — 122,1 s/ga. Sifatli qoqi tayyorlanadi. Oʻzbekistonning koʻpgina viloyatlarida ekiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x