SANJAR SIDDIQ

SANJAR SIDDIQ (taxallusi; asl ism-sharifi Siddiqov Bosit) (1900 — Toshkent—1938.8.10) — tarjimon va jurnalist. Mexnat faoliyati 1919-y. da boshlangan. «Yer yuzi» jur. da masʼul kotib (1925). Oʻzbekiston Davlat nashriyotida adabiy xodim va muharrir (1930 — 31), «Kitob va inqilob» (1932—33) va «Guliston» (1934—37) jur. larvda masʼul kotib. «Birov», «Bir kishi», «Gazetachi», «Kaltadum», «Kitobxon», «Koʻzquloq», «Sanjar Siddiq», «Siddiqov», «Toshkentlik» taxalluslari bilan asarlar yozgan. «Adabiy tarjima sanʼati» (1936) kitobi muallifi. Sanjar Siddiq adabiy tarjima masalalariga bagʻishlangan maqolalari va kitobi bilan oʻzbek tarjimashunoslik ilmiga asos solgan. U Lope de Veganing «Qoʻzibuloq qishlogʻi», N. V. Gogolning «Revizor», N. Pogodinning «Mening doʻstim», V. Kirshonning «Ajoyib quyulma» pyesalari hamda AsHabib Vafoning «Bombey», Ubayd Zokoniyning «Mushuk va sichqon qissasi», L. N. Tolstoyning «Kavkaz asiri» qissasi, P. Pavlenkoning «Sharqda» romanini oʻzbek tiliga tarjima qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x