STEREOSKOP

STEREOSKOP (stereo… va yun. skopeo — qarayman) — joyning yoki ayrim predmetlarning suratini hajmiy tarzda koʻrish uchun moʻljallangan geodezik asbob. Oddiy Stereoskop 4 oynadan iborat; uning chap va oʻng boʻlaklari birbiriga parallel bir juft oynakdan tashkil topgan. Stereoskop yordamida hajmiy tasvir hosil qilinadi. Stereotasvirlar B] va B2 katta oynalar tagida joylashtiriladi (rasmga q.). Ikki koʻz bilan bir paytda 5, va S2 nuqtalardan qarab, vintlar yordamida tasvirlar birbirining ustiga tushirilsa, stereoeffekt hosil boʻladi, yaʼni hajmiy tasvir olinadi. Hajmiy tasvirda koʻpgina muxandislikgeodeziya masalalari, jumladan, xarita chizish, loyihalash ishlarini bajarish va b. masalalar yechiladi. Stereotasvirda oʻlchash ishlari harakatlanuvchi markali asboblar yordamida bajariladi. Stereotasvirda nuqtaning koordinatalarini aniklash uchun maxsus uskunalar mavjud. Stereoskop larning kompyuterlashgan variantlari gʻam bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x