ISHLAB CHIQARISH MUNOSABATLARI — keng maʼnoda ijtimoiy i. ch. jarayonida kishilar oʻrtasida bajaradigan vazifalariga bogʻliq holda shakllanadigan munosabatlar (mulkdorlar, tadbirkorlar, boshqaruvchilar, xizmatchilar, yollanma xodimlar, dehqonlar va b.); tor maʼnoda kishilar oʻrtasida moddiy boyliklarni i. ch., ayirboshlash, taqsimot va isteʼmol jarayonida yuzaga keladigan iktisodiy munosabatlar. Ishlab chiqarish munosabatlari kishilar oʻrtasidagi iktisodiy munosabatlarning barcha shakllarini qamrab oladi. Barcha i. ch., iktisodiy munosabatlar ichida i. ch. vositalariga boʻlgan munosabat, mulkchilik shakllari hal qiluvchi rol oʻynaydi. Ayrim iqtisodiy nazariyalar, mas, marksistik siyosiy iqtisodda Ishlab chiqarish munosabatlari mulkchilik munosabatlarini ifodalaydigan va ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanishi darajasi bilan belgilanadigan, jamiyatda siyosat, mafkura, din, axloq va b. larning bazasini tashkil qiladigan munosabatlar tarzida talqin qilinadi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida i. ch. vositalari egalari bilan yollanib ishlovchi xodimlar oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomalari asosida shakllanadi. Ishlab chiqarish munosabatlarining u yoki bu tarixiy konkret shakllari ishlab chikaruvchi kuchlarning taraqqiyot darajasi, ki-shining tabiat ustidan hukmronlik darajasi bilan belgilanadi. Oʻz navbatida, I . ch. m. ishlab chiqaruvchi kuchlar taraqqiyo-tiga taʼsir koʻrsatadi, uni tezlashtiradi yoki sekinlashtiradi (q. Iqtisodiy tizim).