ISHKAMISH (18-a. gacha Iskimisht, Sikimisht) — Afgʻonistonning shim. sharqida joylashgan tarixiy shahar. Oqsaroy (Qunduzdaryo) daryosi irmogʻining yuqori oqimida, Qunduz sh. dan 190 km jan. sharqda joylashgan. Xitoy yilnomasi — «Tanshu» da Siki-mi-siti sh. deb qayd etilgan (659-y.). «Hudud ul-olam»ta koʻra, 10-a. da Ishkamish dehqonchilik rivojlangan, moʻl-koʻl don yetishtiruvchi keng nohiya boʻlgan. 19-a. da mahalliy aholi oʻrtasida Ishkamish atrofidagi togʻli viloyatni «Esk-mushk» yoxud «Eshk-mushk» deb atash urf boʻlgan. Ishkamish tekis yerlar, koʻplab yaylov, oʻtloqlari boʻlgan keng vodiyda joylashgan. Ishkamishning aholisi, asosan, oʻzbeklardan iborat boʻlib, ular dehqonchilik, chorvachilik va toʻqimachilik, shuningdek, tuz savdosi bilan shugʻullangan. Tabariyning yozishicha, 8-a. da Ishkamishda Vaxsh Xashon deb ataluvchi chashma boʻlgan. 709-y. shu chashma yonida Qutayba ibn Muslim Bodxiz sh. ning turkiylardan boʻlgan hokimi, Toxariston aholisining arablarga qarshi qoʻzgʻoloni rahbari Nizak tarxonnhh oyoq-qoʻlini dorga mixlash yoʻli bilan qatl etgan. Amir Temur va Temuriylar davrida Ishkamish butun Badaxshon kabi Temuriylar saltanatiga vassal qaramlikda boʻlgan. 15-a. oxiri — 16-a. boshlarida (1445—96), soʻngra (1507—08) bu yerda temuriy Badiuzzamon b-n Xusravshoh, Boburnmng ukasi Nosir Mirzo bilan Badaxshon beklari oʻrtasida harbiy qarakatlar sodir boʻlgan. 16-a. boshida Ishkamishni Shayboniyxon egallagan, uning vafotidan soʻng Badaxshon 80 yil mobaynida temuriy mirzo Sulaymonshoh qoʻlida boʻlgan. Faqat 1584-y. ga kelib uni Abdullaxon //egallagan. Ashtarxoniylar davrida Ishkamish dastlab Abdulaziz sultonga, soʻngra (1631-y. dan) Xusrav sultonga iqto qilib berilgan; keyinchalik Muhammad Muqim sulton va Mahmudbiy otaliq davrida I. Qunduzga tobe boʻlgan. 18-a. ning 1-yarmida Ishkamish yoriylar sulolasi bilan Kattagon oʻzbeklari oʻrtasida ku-rash maydoniga aylangan. 1713—14 y. Mir Yorbekning ikkinchi oʻgʻli va vorisi Yusuf Alixon Ishkamishni Kunduz hokimi qoʻlidan tortib olgan. 1718—20 y. da Mahmudbiyning vorisi Yusufbiy Ishkamishni yana Kunduzga tobe etgan. Biroq yoriylardan Mir Ziyovuddin Ili oʻlkasidan kelgan qalmiklar yordamida uni oʻziga boʻysundirgan. Shundan buyen Ishkamish yoriylar, keyinchalik, Durroniylar davlati va Afgʻoniston tarkibida.
Ad.: Axmedov B., Istoriya Balxa, T., 1982; Kamaliddinov Sh. S, Istoricheskaya geografiya Yujnogo Sogda i Toxaristana po araboyazыchnыm istochnikam IX — nachala XIII vv., T., 1996.