IFNI

IFNI (barbar tilida — toshloq choʻl) — Marokashning Atlantika okeani sohilidagi hududi. 1860-y. da Ispaniya bosib olgan. 1904-y. dan Ispaniyaning rasmiy mustamlakasi. Marokash va Ispaniya hukumatlari oʻrtasida bir necha yil davom etgan muzokaralardan soʻng Ispaniya Ifnini 1969-y. 4 yanv. da Marokashga qaytarib berishga majbur boʻldi va oʻsha yilning 30-iyunida u Marokashning Tarfaya viloyati tarkibiga kiritildi. Maʼmuriy markazi — Si-di-Ifni. Aholisi yarim koʻchmanchi deh-qonchilik, koʻchmanchi chorvachilik va baliq ovlash b-n hayot kechiradi. Ishlanadigan yerlar (jami maydonining 1/5 qismi)da arpa, bugʻdoy va makkajoʻxori ekiladi. Hunarmandchilikda gilam toʻqiladi, turli buyumlar tayyorlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x