ISSIQKOʻL SOYLIGI

ISSIQKOʻL SOYLIGI — Tyanshan dagi soylik (Qirgʻizistonda). Issiqkoʻl soyligini shim. da Kungay Olatov tizmasi (bal. 4771 m gacha), jan. da Terskay Olatov tizmasi (bal. 5216 m gacha) oʻrab turadi. Tubini Issiqkoʻl (dengiz sathidan 1608 m) egallagan. Issiqkoʻl soyligi kenglik boʻylab choʻzilgan. Uz. 240 km, eni 90 km gacha. Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Issiqkoʻl tubida va sohillarida qad. koʻl terrasalari (bal. 35—40 m) bor. Koʻlga togʻdan 50 dan ortiq daryo oqib keladi. Issiqkoʻl soyligi s gʻarbiy qismining iqlimi quruq (yillik yogʻin 200 m dan kam), choʻl va chala choʻl landshaftiga ega; sharqi dasht (yiliga 500 mm, togʻlarda 800 mm yogʻin yogʻadi). Togʻ yon bagʻirlarida tyanshan qoraqaragʻayi, undan yuqorida subalp va alp togʻ oʻtloqlari, 3500 m dan yuqorida qor va muzliklar bor. Sharqida toshkoʻmir koni (Jirgʻalan), jan. sharqida qay-noq mineral buloqlar va kurortlar (Jetioʻgʻuz, Oqsuv), Issiqkoʻl qirgʻoqlarida Choʻlponota, Tamgʻa kurortlari mavjud. Issiqkoʻl soyligi Qirgʻizistonning muhim gʻallakorlik va chorvachilik r-ni.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x