SALTIKOV Mixail Yevgrafovich

SALTIKOV Mixail Yevgrafovich, Saltikov-Shchedrin (asl familiyasi Saltikov; taxallusi — N. Shchedrin) [1826.15(27).1, — Spas—Ugol qishlogi, Kalyazin tumani1889. 28.4 (10.5), Peterburg] — rus yozuvchisi. Moskvadagi Dvoryanlar in-tida (1836—38) va Aleksandr (sobiq Sarskoye selo) litseyida (1838 — 44) taʼlim olgan. Dastlab sheʼrlar yozgan. «Lira» sheʼri (1841) Pushkin va Derjavin ga bagʻishlangan. 15 sheʼri bizgacha yetib kelgan. «Ziddiyatlar» (1847), «Chalkash ish» (1848) asarlari naturalistok xarakterda boʻlib, chuqur ijtimoiy masalalar aks ettirilgan. Asar xukmron doiralar gʻazabini qoʻzgʻatgan. 1848-y. apr. da qamoqqa olinib, Vyatkaga surgun qilingan. 1855-y. surgundan qaytgach, «Gubernya ocherklari»ni (1856—57) yozgan. Saltikov ijodiy faoliyatini davlat ishlari bilan birga olib borgan. 1856 — 58 y. larda Ichki ishlar vazirligining alohida topshirigʻi bilan chinovnik boʻlib xizmat qilgan, dehqonlar reformasini tayyorlashda qatnashgan. 1858—62 y. larda Ryazan va Tver gubernyalarining vitsegubernatori. Isteʼfoga chiqqach, «Sovremennik» jur. da ishlagan (1862). Nekrasov vafotidan soʻng (1877) Saltikov «Otechestvennыye zapiski» jur. ga rahbarlik qilgan. Koʻpgina ocherk va ssenariylari «Kichik hikoyalar» va «Nasrdagi hajviya» (1863) kitobiga kiritilgan. «Pazuxinning oʻlimi», «Nasrdagi hajviya» pyesalarida podsho amaldorlari tanqid qilingan. «Janob Golovlyovlar» (1875— 80), «Monrepo boshpanasi» (1878—79), «Yil boʻyi» (1879—80), «Hayot ikirchikirlari» (1886—87), «Ertaklar» (1882 — 86) va b. asarlarida reformadan soʻnggi Rossiya hayotidagi ijtimoiy qaramaqarshiliklar aks etgan. «Bir shahartarixi» (1869—70), «Janob toshkentliklar» (1869—72) asarlari ham bor. Tugallanmay qolgan «Unutilgan gaplar» kitobi muhim hayotiy masalalarga bagʻishlangan. Hayotni idrok etish, chuqur bilish va xalqqa boʻlgan mehrli munosabat adibni murosasiz, oʻtkir satirik darajasiga koʻtargan. Saltikovning satirasi podsho Rossiyasining byurokrat apparatini tanqid qilishga qaratilgan. U oʻz asarlarida kishilardagi byurokratizm va opportunizmni, sotqinlik, mansabparastlikni qattiqtanqid qilgan. Asarlari rus tanqidiy realizmining yorqin namunalaridir. Asarlari oʻzbek tiliga tarjima qilingan.

As: Janob Golovlyovlar, T., 1952; Ertaklar, T., 1954; Bir mujik ikki generalni boqqani haqida qissa, T., 1973.

Ad.: Makashin Saltikov, SaltыkovЩyedrin, Biografiya, t. 1,2., M., 1951; B u shmi n A. S., M. Ye. SaltыkovЩyedrin v vospominaniyax sovremennikov, t. 1—2, M, 1975; Turkov A., SaltыkovЩyedrin, M., 1981.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x