SIOLKOVSKIY Konstantin Eduardovich

SIOLKOVSKIY Konstantin Eduardovich [1857.5(17).9, Ryazan viloyati — 1935.19.9, Kaluga] — aviatsiya, aerodinamika va raketalar dinamikasi sohasidagi rus olimi va ixtirochisi; bolaligida ogʻir kasallikdan keyin kar boʻlib qolib, oʻqishni davom ettirolmagan. 1879-y. da oʻqituvchilik unvoniga imtihon topshirgan. Borovsk (Kaluga gubernyasi) dagi uyezd bilim yurtida mat. va geometriyadan dars bergan (1880 — 98). 1880-81 y. larda bu sohadagi mavjud ixtirolardan bexabar «Gazlar nazariyasi» ilmiy ishini yozib, unda gazlar kinetik nazariyasi asoslarini tavsifladi. 1897-y. da Rossiyada birinchi aerodinamik truba qurgan. Keyinroq dunyoda birinchi boʻlib raketa nazariyasiga va suyuq yonilgʻili raketa dvigateli nazariyasiga asos solgan. Ilmiy ishlari 3 muammoga: metall aerostat (dirijabl)ni ilmiy asoslash (1885 — 92), aeroplanning suyriligi (1894-y. da eʼlon qilingan), sayyoralararo raketalar (1896-y. dan) ga bagʻishlangan. Uchishda reaktiv harakatdan foydalanish gʻoyasi birinchi marta Siolkovskiy tomonidan 1883-y. da bayon etilgan. Siolkovskiy 1903-y. da «Reaktiv asboblar bilan fazoni tadqiq etish» asarida birinchi boʻlib raketa harakati fazoda va tortishish maydonida oʻzgaruvchan massali jism harakatiga oʻxshashligini, sayyoralararo aloqada raketalardan foydalanish mumkinligini asoslab berdi. 1929-y. da «Kosmik raketa poyezdlari» asarida bosqichli raketa harakati nazariyasini yaratdi. Yerga sunʼiy yoʻddosh boʻladigan raketa masalasi bilan birinchi boʻlib shugʻullandi, Yerdan tashqarida st-yalar qurish fikrini ilgari surdi. Oydagi kraterga Siolkovskiy nomi berilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x