«SAYYODXON VA HAMRO» — oʻzbek, turkman, ozarbayjon va qoraqalpoq xalqlari orasida keng tarqalgan ishqiy-romantik doston. Uning bir necha varianti Xorazm baxshilaridan yozib olingan. 19-a. ning 2-yarmi — 20-a. ning boshlarida qoʻlyozma va litografik nashrlari tarqalgan. Dostonda Ozarbayjon hukmdorining oʻgʻli Hamro bilan Qizilolma yurtining malikasi Sayyodxon orasidagi sevgi sarguzashtlari hikoya qilingan. Asarda sevgi, sadoqat tuygʻulari, toʻgʻrilik, rostgoʻylik, vafo kabi xislatlar ulugʻlangan. Toshkentda (1914, arab yozuvida), Turkmanistonda (1960) bosilgan. Doston 1964-y. da oʻzbek tilida nashr etilgan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые