SYUY BEYXUN

SYUY BEYXUN, Jyu Peon (1895.19.6, Szyansu provinsiyasi — 1953.26.9, Pekin) — xitoy rassomi, 20-a. Xitoy tasviriy sanʼatida yangi yoʻnalish asoschilaridan biri. Shanxayda (otasi Syuy Dachjandan) va 1919-y. dan Parijda taʼlim olgan. Pekindagi BA markazi direktori va Umumxitoy adabiyoti va sanʼati assotsiatsiyasi raisi (1949—53). SB. «gullargullar», «odamlar» janrlarida, akvarel (qogʻoz, tush va b.)da, Xitoyda birinchilardan boʻlib moyboʻyoqsa ijod qilgan; ijodida milliy badiiy anʼanalarni Yevropa realistik rang-tasviri yutuqlari bilan uygʻunlashtirdi, asarlarida mayin ishlangan shakllar kuchli va aniq chiziqlar bilan koʻshilib ketadi. Syuy Beyxunning tabiatni aks ettirgan asarlari («Ot», 1930 va b.) yorqin nafosati bilan ajralib tursa, janrli va tarixiy kompozitsiyalari («Jangoh oʻylari» va b.) qaqramonlik ruhi bilan yoʻgʻrilgan, portretlari (mehnat aʼlochilari va milliy ozodlik armiyasi qahramonlari)ga oʻtkir ruh va ijtimoiy xususiyatlar xos.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x