TEGU — Jan. Koreyadagi shahar, mamlakatning jan. sharqiy qismida. KyonsanPukto provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,4 mln. kishi (1996). Transport yoʻllari tuguni. Yengil va oziq-ovqat sanoatlarining yirik markazi: ipak va ip gazlama, koʻnteri, qogʻoz, tamaki, sholi oqlash, un tortish korxonalari bor. Rezina buyumlar ishlab chiqariladi. Mashinasozlik (jumladan, stanoklar, qishloq xoʻjaligi., transport, toʻqimachilik, poligrafiya sanoatlari uchun jihozlar ishlab chiqarish.), rangli metallurgiya, harbiy, kimyo sanoati korxonalari mavjud. Tegu yaqinidan toshkoʻmir va mis qazib olinadi. Oʻrta asrlarda qurilgan saroy va ibodatxonalar xarobalari, bogʻlar saklangan.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые