TUGʻLOQIYLAR

TUGʻLOQIYLAR, toʻgʻlaqiylar — Dehli sultonyaigini boshqargan sulola (1320—1413). Asoschisi — Gʻiyosiddin Tugʻloq. Uning davrida (1320—25) yer soligi 1/10 ga kamaytirildi, kanallar qazildi, Tugʻloqobod sh. barpo etildi, Dekanga yurish uyushtirildi. Otasini oʻldirib oʻgʻli Muhammad Tugʻloq (1325— 51) taxtga chiqadi. U layoqatli sarkarda, ammo beshafqat hukmdor boʻlib, «Xuni» («Qonxoʻr») laqabini olgandi. Sulton dehqonlarga nihoyatda ogʻir boʻlgan qoʻshimcha soliq solgan. Muvaffaqiyatsiz chiqqan pul islohoti oʻtkazgan. Poytaxtni Dehlidan Devagiri (Davlatobodga koʻchiradi). Feruzshoh Tugʻloq (1351—88) davrida ogʻir soliq va bojlar bekor qilingan, yangi kanallar qazilgan, harbiy boshliklarga qoʻshimcha yerlar inʼom qilingan. Ammo harbiy boshliqlarning ayirmachilik harakatlari barham topmagan. Bengaliya bilan Dekan saltanatdan ajralib chiqqan. Tugʻloqiylardan eng soʻnggisi sulton Nosiriddin Mahmud (1394—1413) vafotidan keyin hokimiyat saidlar sulolasiga oʻtgan (1414).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x