TURSUNNAZAROV Yigitali (1941. 13.3, Fargʻona viloyatidagi Rapqon qishlogʻi) — rangtasvir ustasi, Oʻzbekiston BA akad. (1999). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati intini tugatgan (1973). 1973-y. dan Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtida, 1999-y. dan Kamoliddin Bex. zod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn intida pedagog. Tursunnazarov romannavis rassom — epik asarlar ustasi sifatida tanilgan. Teran fikrli zamondoshlari obrazlarini yaratdi. «Xayol», «Abdurazzoq ota Ikromov», «Soʻnggi maktub», «2-jahon urushi qatnashchisi Ahmadjon Shukurov», «Shoira», «Zamondoshlarim», «Suv haqida doston» uchligi shular jumlasidan. Mustaqillikdan soʻng buyuk ajdodlar siymolarini yaratdi (jumladan, «Sohibqiron Amir Temur» uchligi; «Sohibqiron portreti» — Shvetsiyada chop etilgan Amir Temur haqidagi kitob muqovasidan oʻrin olgan). Tursunnazarov asarlari respublika va xorijiy mamlakatlar (Rossiya, Hindiston, Angliya va b.)dagi koʻrgazmalarda namoyish etildi, shaxsiy koʻrgazmalari tashkil qilingan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1989).
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые