TUPROQ GEOGRAFIYASI

TUPROQ GEOGRAFIYASItuproqshunoslik fanining boʻlimi; tuproqlarning Yer yuzida tarqalish qonuniyatlarini tuproqgeografik rnlashtirish maqsadida oʻrganadi. Aniqlangan qonuniyatlar asosida har xil tuproq tiplari, turlicha tabiiy va samarali unumdorlikka ega boʻlgan yerlar miqdoriy inventarizatsiya qilinadi (q. Tuproq bonishirovkasi). Umumiy va maxsus (mintaqaviy) Tuproq geografiyasiga boʻlinadi. Umumiy Tuproq geografiyasi tuproq paydo boʻlish omillarini oʻrganadi, ularning turli tiplariga taʼrif beradi va geografik joylanishining umumiy hamda xususiy qonuniyatlarini aniklaydi. Maxsus Tuproq geografiyasi esa tuproq rnlashtirish masalalarini oʻrganadi va maʼlum hududdagi tuproqlarni taʼriflash hamda xaritalarini tuzish bilan shugʻullanadi. Tuproq geografiyasi tuproqlarning geografik joylanishini asosiy tuproq paydo qiluvchi omillar bilan bogʻliklikda qiyosiygeografik usulda oʻrganadi. Tuproq geografiyasi maʼlumotlari tuproq xaritasini tuzishda nazariy asos boʻlib, qishloq xoʻjaligi. da asosiy ishlab chiqarish. vositasi boʻlgan yerdan unumli foydalanishda katta ahamiyatga ega.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x