KAPRICHCHIO

KAPRICHCHIO, kapris (ital. capriccio — injiqlik) — erkin shakldagi, ohanglari toʻsatdan oʻzgaradigan virtuoz uslubidagi cholgʻu musiqa asari (N. Paganinining yakka skripka uchun «24 Kaprichchio» va b.). 16-a. oxiri — 17-a. boshida polifonik musika asari sifatida paydo boʻlgan. Koʻp Kaprichchiolar xalq kuylariga asoslanadi (mas, N. Rimskiy-Korsakovning «Ispancha Kaprichchio»si, P. Chaykovskiyning»Italyancha Kaprichchio»si, K. Sen-Sansning «Arabcha Kaprichchio si» va b.). Oʻzbekiston kompozitorlaridan M. Bafoyev «Xorazmcha Kaprichchio», T. Qurbonov «M. Ashrafiy xotirasiga K.», A. Ergashev «Sharqona K.» yaratgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x