KANDIRSOY

KANDIRSOYToshkent viloyati Ohangaron tumanidagi soy. Ohangaron daryosining chap irmogʻi. Qurama tizmasining shim. yon bagʻridan boshlanadi. Uz. 21 km. Havzasining mayd. 96 km2, oʻrtacha bal. 1550 m. Oʻrta oqimida Oqtosh, Koʻnikti, Toshbuloq va b. soylar qoʻshiladi. Qor va yomgʻir suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sar-fi 0,61 m3/sek., bahor oylarida 2,50 m3/sek. Quyi oqimida bir necha ariqlarga boʻlinib ketadi. Ohangaron daryosigacha yetib bormaydi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x