LORENTS ALMASHTIRISHLARI

LORENTS ALMASHTIRISHLARI (nisbiylikning maxsus nazariyasida) — ikki inersial sanok sistemasiga oid koordinatalar va vaqtlarining oʻzaro bogʻlanishini ifo-dalovchi formulalar. Bu formulalarni 1904-y. da X. A. Lorents oʻzining «Yorugʻlik tezligiga qaraganda kichik tezlik bilan harakatlanuvchi sistemadagi elektromagnit hodisalar» nomli klassik asarida keltiradi. Nisbiylikning maxsus nazariyasiga asosan, har qanday ikki inersial sanoq sistemasida vaqt va fazo bir jinsli xarakterga ega boʻlib, ularning ikkala sistemadagi xususiyatlari bir-biridan farq qiladi. Mac, vaqt ikkala sanoq sistemada ikki xil tarzda oʻtib boradi. Ikki inersial sanoq sistemadan biri ikkinchisiga nisbatan x oʻqining musbat yoʻnalishi boʻyicha oʻzgarmas v tezlik bilan harakatlanayotgan boʻlsin. Lorents almashtirishlaridan nisbiylik nazariyasining barcha kinemetik effektlarini keltirib chikarish mumkin. Lorents almashtirishlaridan nisbiylik nazariyasining asl mohiyati, xususan, uzunlik va vaqt oraligʻining nisbiyligi haqidagi muhim fizik xulosa kelib chiqadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x