LOK-BOʻYOQ MATERIALLAR

LOK-BOʻYOQ MATERIALLAR — metallarni zanglashdan, yogʻochni chirishdan saqlash va buyumlarni pardozlash uchun ularning sirtiga surkaladigan suyuq yoki pastasimon materiallar. Ularning tarkibini parda hosil qiluvchi moddalar (alkid, fenol-formaldegid, epoksid, poliefir smolalar, perxlorvinil smolalar, poliakrilatlar, sellyuloza nitratlari va b.) tashkil qiladi. Baʼzi tabiiy materiallar — oʻsimlik yogʻlari va kanifol hosilalari ham parda hosil qiluvchi modda hisoblanadi. Baʼzi L.-b. m. tarkibida erituvchi moddalar, pigmentlar, har xil qoʻshimchalar ham boʻladi. L.-b. m. ning rangeiz va rangli, shaffor va noshaffof (xira) xillari bor. Shaffof materiallar — alif, loklar, noshaffof materiallar — har xil boʻyoklar, xomaki surkov materiallari, sirtni tekislash massalari (gruntovkalar)dan iborat. L.-b. m. sirtni yaxshi asrashi, silliq va yaltiroq parda hosil qilishi, butomga koʻrkamlik berishi lozim.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x