LITIY ORGANIK BIRIKMALAR — tuzilishida uglerod-litiy bogʻi boʻlgan birikmalar. Alifatik Litiy organik birikmalar rangsiz kristall modda (CH3Li va C2H5Li), haydalmaydigan qovushoq suyuqlik (C7H15Li, CgH|7Li, C,H,,Li, Cl0H2,Li, CuH23Li, Cl2HHLi) yoki mumsimon moddalar (yuk saqlari). Alifatik Litiy organik birikmalar (CH3Li dan tashqari) uglevodorodlar va efirlarda yaxshi eriydi. Aromatik Litiy organik birikmalar oq yoki sargʻish kristall moddalar; efirlarda eriydi. Uglevodorodlarda erimaydi. Reaksiyaga juda faol kirishadi; kimyoviy faolligi magniyorganik birikmalardan ustun. Karbonat angidrid, kislorod va namlik taʼsirida buziladi. Shuning uchun hamma re-aksiyalar azot yoki argon atmosferasida oʻtkaziladi. Litiy organik birikmalar suv, spirt, kislotalar va b. taʼsirida parchalanadi. Litiy metalini xlorli va bromli alkillar bilan oʻzaro taʼsir ettirib yoki litiyni simoborganik birikmalar bilan birga qizdirib olinadi. Litiy organik birikmalar almashinish reaksiyalarida, divinilni polimerlashda ishlatiladi.
Подписаться
авторизуйтесь
0 комментариев
Старые