NITROZOBIRIKMALAR

NITROZOBIRIKMALAR (C nitrozobirikmalar) — molekulasida uglerod atomlari orqali bogʻlangan bir yoki bir nechta nitrozoguruh — N=0 tutgan organik moddalar. Nitrozobirikmalar, odatda, monomer va dimerlarning muvozanat holatidagi aralashmasi koʻrinishida mavjud boʻladi. Monomer Nitrozobirikmalarni nomlashda asos birikmalar nomiga «nitrozo» qoʻshimchasi qoʻshiladi. Nitrozobirikmalarning aksarisi dimer koʻrinishidagi holatda boʻladi, ammo organik qoldiqqa elektronakseptor oʻrinbosarlar kiritilishi monomerlar paydo boʻlishiga olib keladi. Dimer Nitrozobirikmalarda trans-izomerlar sis-izomerlarga nisbatan barqarorroq. Eritmalarda yoki qizdirilganda dimer Nitrozobirikmalar dissotsi-atsiyaga uchraydi. Monomer Nitrozobirikmalar — gazlar yoki havorang yoki yashil rangli suyuqliklar, suvda yaxshi eriydi. Dimer Nitrozobirikmalar — rangsiz kristallar, qutbli erituvchilarda yaxshi eriydi. Nitrozobirikmalar birlamchi aminlarni Karo kislotasi taʼsirida yoki gidrooksilaminlarni organik perkislotalar bilan oksidlash usulida olinadi. Geterotsiklik birikmalar, aminokislotalar va b. sintezida, boʻyagichlar, dorivor preparatlar, elasto-merlar, issiqqa chidamli kauchuklar i. ch. da qoʻllanadi. Baʼzi Nitrozobirikmalar mutagen va kanserogen faol moddalar, teri kasalliklarini paydo qiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x