SHUKURIY FARGʻONIY

SHUKURIY FARGʻONIY (taxallusi; asl nomi Abdushukur ibn Ortuqbek) (18-asr oxiri, Fargʻona — 19-asr 2-yarmi, ?) — shoir. Yoshligida Samarqandga kelib qolgan. Egarsozlik va naqqoshlikda ham nom chiqargan. Oʻsha davrda Samarqandda qurilgan koʻpgina binolarda Shukuriy Fargʻoniy naqshlari mavjud. Amir Nasrullo taklifi bilan Buxoroda ham naqqoshlik qilgan. Shukuriy Fargʻoniy mumtoz sheʼriyatning gʻazal, masnaviy, qasida, taʼrix va boshqalar janrlarida ijod etgan. Aksariyat masnaviylari hasbi hol va ijtimoiydidaktik xarakterga ega. Taʼrixlarida davrning muhim voqealari (yirik binolar qurilishi, amirning yurishlari va atoqli kishilarning vafot qilgan vaqti) qayd etilgan. Lirikasida ishqiy kechinmalar tasviri, turmushdan shikoyat motivlari muhim oʻrin tutadi. Shoirning «Fargʻona chekar», «Judoyi Fargʻona», «Rozi dilim eshitgil» kabi sheʼrlarida tugʻilgan yurtiga hurmat, uni sogʻinish va qoʻmsash tuygʻulari ifodalangan. Shukuriy Fargʻoniy devonining qoʻlyozma nusxalari Rossiya FA Sharqshunoslik instituti SanktPeterburg boʻlimi (inv. №1581) va Oʻzbekiston FA Sharqshunoslik intida (inv. №5021) saqlanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x