NEOTEKTONIKA (neo… va tektonika) , eng yangi tektonika — tektonikaning Yerning hoz. relyefi asosiy qiyofasini shakllantirgan turli strukturalar, Yer poʻsti rivojlanishning tarixi va tektonik harakatlarini oʻrganuvchi boʻlimi. Bu jarayonlar Yer poʻsti tuzilishida yangi struktura shakllarini vujudga keltirib, qadimda paydo boʻlgan strukturalarni faollashtirgan. 1937-y. rus olimi S. S. Shuls birinchi marta «eng yangi tektonika» istilohini taklif etdi. U Tyanshan togʻlari hoz. relyefining vujudga kelishini eng yangi tektonika jarayonlari bilan izoxladi. 1948-y. da geo-loglar Neotektonikani geologiyaning mustaqil boʻlimi qilib ajratishni taklif qildilar. 1950-y. da olimlar tektonik harakatlar kuchaygan davr (neogen-antro-pogen davri)ni Yer poʻsti rivojlanishining mustaqil eng yangi tektonik bosqichiga ajratdilar. Yer poʻsti turli struktura elementlari — materik platformalari, orogenez zonalari, hoz. geosinklinal oblastlar, tafrogenezda eng yangi tektonik harakatlar faolligining kuchayishi bir vaqtda kech-magan (kechki oligotsen, neogen, antro-pogen). Bu eng yangi tektonik bosqichning quyi chegarasi masalasi boʻyicha olimlar oʻrtasida bahsga sabab buldi.
Neotektonikada tektonik jarayonlarni urganishda turli metodlar (tarixiy-geologik, tektonik va geomorfologik, geofizik, tarixiy-arxeologik, biogeografik) va b. dan foydalaniladi. Neotektonikaga doyr turli regionlarning har xil masshtabdagi xaritalari nashr qilingan.
Neotektonikaning nazariy masalalarini ishlab chiqish amaliy vazifalar — muxandislik inshootlari (toʻgʻon, port va b.) loyihalash va qurish, suv taʼminoti, neft va gaz quvurlarini yotqizish, konlarni qidirish, zilzilalarni basho-rat qilish bilan chambarchas bogʻliq.