NEMIROVICH DANCHENKO

NEMIROVICH DANCHENKO Vladimir Ivanovich [1858.11 (23).12, Ozurgeti, Gruziya — 1943.25.4, Moskva] — rej., pedagog, teatr tanqidchisi, yozuvchi, dramaturg. Rus teatri islohotchilaridan. 1898-y. K. S. Stanislavskiy bilan Moskva Badiiy teatri (hoz. MXAT) ni tashkil etgan. Truppaning ijodiy va tashkiliy ishlarini ham oʻzlari amalga oshirganlar. «Repertuar rahbari» sifatida Chexov va M. Gorkiy no-midagi teatrlarni ham hamkorlikda ishlashga jalb etgan. Rej. sifatida ak-tyorlar bilan ishlashga alohida eʼtibor qaratgan. Aktyor kechinmalarining kuchi va taʼsirchanligini sipolik, vazminlik bilan yetkazishga erishishga harakat qilgan. «Aka-uka Karamazovlar», «Yak-shanba», «Yuliy Sezar», «Anna Karenina», «Dushmanlar», «Uch opasingillar» kabi spektakllari katta shuhrat qozongan. 20—30-y. lar teatr qiyofasi anʼanasi va yuksak mahoratini saqlab qolish maqsadida ehtiyotkorlik, uddaburonlik bilan maʼmuriy va repertuar siyosatini olib bordi. 1919-y. Musiqali studiya (1941-y. dan Stanislavskiy va Nemirovichdanchenko nomidagi musiqali teatr)ni tashkil etdi. «Yangi ish», «Oltin» kabi pyesalar, «Eski uy», «Sahna ortidagi drama» singari romanlar hamda qissadar yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x