LAPKIN Kuzma Ivanovich

LAPKIN Kuzma Ivanovich (1904.31.10, hoz. Ukraina, Xerson viloyati Genichesk sh. — 1989.19.7, Toshkent) — iqtisodchi olim, Oʻzbekistan FA akad. (1979), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1964), prof. (1968). Oʻrta Osiyo un-tining iqtisodiyot f-tini tugatgan (1930. 1930-37 y. larda Oʻrta Osiyo davlat plan komiteti (Sredazgosplan) Iqtisodiy tadkiqotlar in-tida ilmiy xodim, Planlashtirish in-tida oʻqituvchi. 1937—54 y. larda qatagʻonga uchragan. Oʻzbekiston chorvachilik inti (1954 — 57), Oʻrta Osiyo q. x. iqtisodiyoti inti (1957—72) da boʻlim mudiri. Oʻzbekiston FA Ishlab chiqaruvchi kuchlarni oʻrganish kengashida sektor mudiri, rais oʻrinbosari (1972—79), FA vitse-prezidenti (1981—87), akademiya Prezidenti maslahatchisi (1987-y. dan). Ilmiy ishlari q. x. ni rejalashtirish va boshqarish, k-xni ixtisoslashtirishning nazariy asoslari, q. x. ni rivojlantirishning istiqbollarini prognozlash masalalariga bagʻishlangan. Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1975).

As: Teoreticheskiye osnovы razmeщyeniya i spetsializatsiya selskogo xozyaystva, T., 1964.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x