TYUDORLAR

TYUDORLAR (Tudor) — Angliyadagi k,irollar sulolasi (1485—1603). Qizil va Oq gullar urushidan soʻng hokimiyat tepasiga kelgan. Yangi dvoryanlar va shahar burjuaziyasiga tayangan. Tyudorlar hukmronligi davrida absolyutizm shakllangan, ingliz cherkovi Vatikandan ajrab chiqib, mustaqil boʻlgan va qirol hokimiyatiga tobe ettirilgan (1534); 1588-y. Atlantika okeanidagi savdo yoʻllari ustidan nazorat qilish huquqiga ega boʻlish uchun Ispaniya bilan muvaffaqiyatli urush olib borilgan (1588-y. ispanlarni «Yengilmas armada» deb atalmish flotining tormor etilishi); Rus davlati bilan savdo aloqalari oʻrnatilgan (1553). Eng mashhur vakillari: Genrix VII, Genrix VIII, Eduard VI, Mariya I Tyudor, Yelizaveta 1.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x