SHIMOLIY DVINA

SHIMOLIY DVINA — RF Yevropa qismining shim. dagi daryo. Yug va Suxona daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Oq dengizning Dvina qoʻltigʻiga quyiladi. Uz. 750 km, havzasining mayd. 362 ming km2. Umumiy mayd. 900 km2 boʻlgan delta hosil qiladi. Irmoqlari: oʻngdan — Vichegda, Pinega, chapdan — Vaga. Dengiz suvining koʻtarilishi Pinega quyiladigan yergacha yetib keladi. Asosan, qordan, qisman yomgʻir va yer osti suvlaridan toʻyinadi. Suvi bahorda koʻpayadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi quyilish yerida 3540 m3/sek. Noyab. — apr. da muzlaydi. Daryoda baliq koʻp, yogʻoch oqiziladi, kema qatnaydi. Asosiy pristanlari: Arxangelsk, Xolmogori, Verxnyaya Tayma, Kotlas, Krasnoborsk.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Старые
Новые Популярные
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x